Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va AQŞ munosabatlari ayni damda aftidan “sovuq uruş” davridan ham yomonroq ekanini ma'lum qildi.

Boşlovçining Rossiya va AQŞ yangi “sovuq uruş” holatida ekani haqidagi savolga, Peskov “Yangi “sovuq uruş? Vaşingtondagi amaldagi prezident ma'muriyati xatti-harakatini e'tiborga olsak, balki, undan ham yomonroq” deya javob berdi.

Peskov AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatining lavozimdan ketişdan biroz avval qabul qilgan qarorlarini eslaşga çaqirdi, ular orasida rossiyalik diplomatlarnig çiqarib yuborilişi hamda Nyu-York va Vaşingtondagi Rossiya diplomatik binolarini “egallab oliş” bor.

“Dunyoda bunday diplomatik munosabatlar köplab ön yilliklar davomida yuz bermagandi”, - deya ta'kidlab ötdi u. Peskov sözlariga köra, bunday xatti-harakatlar ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvi ikki mamlakat munosabatlari yaxşilanişida omil bölişi mumkinligi haqida ma'lum qilgani borasida xabar bergandik.