Sotsiologlarning ma'lumotlariga köra, saylovoldi poygasida boş vazir Aleksandar Vuçiç yetakçilik qilmoqda.

Serbiya prezidenti lavozimi uçun kuraş olib borayotgan ön bir nafar nomzod 31 martga ötar keçasi saylovoldi taşviqotlariga yakun yasaşdi — 31 mart va 1 aprel kunlari mamlakatda jimlik kunlari hukm suradi va unda har qanday saylovoldi taşviqoti man etiladi.

Belgrad köçalaridan va Serbiyaning barça aholi punktlaridan söngi haftalarda közni qamaştirib turgan taşviqot plakatlari olib taşlandi. Serbiya davlat bayroği ranglari bölmiş oq, kök va qizil ranglarning turli variantlaridan barça taşviqot kampaniyalarida foydalangan va ularni bir biriga juda öxşaş darajaga keltirib qöygan edi

Uşbu saylovlarning avvalgilardan farqli tarafi videoroliklardan keng foydalaniş böldi va YouTube videoxostingida yuz minglab, ayrimlari hatto millionlab marta tomoşa qilindi. Hozirça vdeorolik egalari uşbu taşviqotlarini qonunni ijro etiş yölida öçirib taşlaşga köp ham şoşilişayotgani yöq.

 

Hammasi hal bölgan — kutamiz

Serbiya poytaxti köçalarida ommaviy yurişlar, namoyişlar yoki aksiyalar kuzatilmayapti.

TASS muxbiri gapga olgan taksiçi Neboyşaning sözlariga köra, bunga sabab hammasi hal qilib bölinganidir: "Kim ğalaba qozonişini hamma tuşunib turibdi, hammasi tuşunarli va hal bölgan. Şuning uçun piça kutsak, ikkinçi tur böliş-bölmasligiga guvoh bölamiz, garçi natija kutilganidek bölsa ham". "Men özi umuman siyosatga qiziqmayman", — deya qöşimça qilgan taksiçi.

Talaba qiz TASS muxbiri bilan suhbatda "ğolibning ismini bilişi"ni aytgan, şu sababli saylovda qatnaşmoqçi emasligini bildirgan. "Men uçun asosiysi hozir öqiş va iş, siyosatga esa tobim yöq", — degan u.

 

Nomzodlar uçun sönggi imkoniyat

Prezidentlikka nomzodlar saylovoldi kampaniyasining sönggi kunida ham taşviqot işlarini davom ettirişdi. Poyga favoriti, boş vazir Aleksandar Vuçiç pensionerlar bilan uçraşdi va ularning serb jamiyatining asosi deya baholadi. "Sizlar — davlat sönggi yillarda tayangan ustunsizlar, hamon sizlarga tayanamiz. Bu gaplarni sizlarning işonçlaringizni qozoniş uçun aytmayapman, çunki bunga ega ekanligimni bilaman, şunçaki sizlarga minnatdorçiligimni bildirib qöymoqçiman", — degan boş vazir.