WikiLeaks sayti AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasiga qaraşli maxfiy hujjatlarning yangi qismini e'lon qildi. Bu haqda taşkilotning tvitterdagi sahifasida xabar berildi.
Saytda körsatilişiça, Marble («Marmar») deb belgilangan hujjatlarning yangi qismi şu nomdagi maxfiy dastur çiquvçi kodi 676 faylidan iborat.
WikiLeaks’ning ma'lum qilişiça, Marble dasturi MRB zararli dasturlari matn qismlarini yaşiradi, bundan esa aynan şu mahkama virus yaratiş yoki xakerlik hujumi ortida turganini tuşuniş mumkin ekan.
Şu bilan birga, dastur faqatgina ma'lumotlarni yaşiriş uçun qöllaniladi va özida buzib kiriş yoki dasturiy ta'minot kamçiligi topiş böyiça imkoniyatlarga ega emas.












