Angliya premer-ligasining 30-turidan olgan yana 5ta uçraşuv bölib ötdi. Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.

Turnir jadvalida peşqadamlik qilayotgan «Çelsi» öz uyida kutilmaganda «Kristal Pelas»ga imkoniyatni boy berib qöydi va «Stemford Brij»dagi 13 uçraşuvdan iborat ğalabali seriyasiga yakun yasadi. Bundan esa «Tottenhem» unumli foydalanib qoldi. Şimoliy londonliklar bu turda «Byornli»ga taşrif buyurib işonçli ğalabani qölga kiritdi va «Çelsi» bilan örtadagi farqni 7tagaça qisqartirdi. «Çelsi» hisobida 29 uçraşuvda 69 oçko bölsa, «Tottenhem» şunça öyinda 62 oçko töplagan. 

«Mançester Yunayted» bir neça yöqotişlar bilan öynab «Vest Bromviç»ni yenga olmadi. Endilikda Mourino şogirdlari hisobda 28 uçraşuvdan keyin 53 oçko mavjud. «Lester» esa öz uyida «Stok Siti»ni mağlubiyatga uçratdi. Natijada lesterliklar boş murabbiyi ingliz murabbiylari içida birinçi bölib ketma-ket 4ta uçraşuvda ğalaba qozongan ilk mutaxassisga aylandi. «Lester» hisobidagi oçkolar soni 33taga yetdi va jamoa 13-öringa kötarilib oldi. 

APLda qoliş uçun kuraş olib borayotgan yana bir jamoa «Hall» ham bu turda «Vest Hem»dan ustun kelgan bölsa, «Sanderlend» navbatdagi mağlubiyatini tan olişiga töğri keldi.

Angliya premer-ligasi, 30-tur

Çelsi – Kristal Pelas 1:2 (1:2)

Gollar: Fabregas (5) – Zaa (9), Benteke (11).
Çelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso (Batşuayi, 74), Aspilikueta, Fabregas, Pedro, Azar, Matiç (Villian, 59), Kante, Diyego Kosta.
Kristal Pelas: Hennessi, Sako, Tomkins (Denn, 46; Dileyni, 60), Uord, Milivoyeviç, Pançon, Zaa, Taunsend (Kelli, 60), Kabay, Şlupp, Benteke.
Ogohlantirişlar: Diyego Kosta (50), Benteke (68), Milivoyeviç (73), Keyhill (79), David Luiz (83).

Mançester Yunayted – Vest Bromviç 0:0

Mançester Yunayted: De Xea, Valensiya, Bayi, Roxo, Lingard, Yang, Kerrik, Mxitaryan (Runi, 74), Fellayni, Reşford, Marsyal.
Vest Bromviç: Foster, Nom, Makoli, Douson, Evans, Makkleyn (Morrison, 57), Brant, Livermor, Fletçer, Robson-Kanu (Rondon, 70), Şadli (Yakob, 67).
Ogohlantirişlar: Roxo (43), Nom (47), Livermor (87), Fellayni (90), Runi (90), Yakob (90).