2 aprelda Armanistonda mamlakat parlamenti – Milliy kengaşga saylovlar bölib ötmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Saylovlarda 5 ta partiya va 4 ta blok iştirok etmoqda. Ular uçun parlamentga ötiş minimal çegarasi mos ravişda 5 va 7 foizni taşkil qiladi. Ovoz berişda 2,5 mln ga yaqin odam iştirok eta oladi.

Ta'kidlanişiça, uşbu parlament saylovlari Armaniston boşqaruvning parlament şakliga ötgandan keyin ötayotgan birinçi parlament saylovlaridir. 

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan saylovlarda ovoz berib böldi. U rafiqasi Rita Sargsyan bilan Yerevandagi maktablardan biridagi saylov uçastkasiga kelib ovoz berdi.

Sargsyan ovoz berişi vaqtida u bilan antiqa holat yuz berdi. Saylovçilarni indentifikatsiya qiliş qurilmasi Armaniston prezidentini bir urinişda taniy olmadi va Sargsyan barmoqlarini bir neça marotaba skanerga qöyişiga töğri keldi. 

"Byulletenni taşlayotganizda nima haqida öyladingiz?", deb söraşdi prezidentdan jurnalistlar. "Men tinçlikdan afzalroq narsa yöqligini öyladim va biz çegaralarimiz osoyişta va daxlsiz qolişi uçun barça işni qilamiz", deb javob berdi prezident. Sargsyan u tomondan boşqariluvçi Armaniston Respublika partiyasining saylovlardagi imkoniyatlari haqidagi savolga "Bugun imkoniyatlarni baholaş vaqti emas, bugun ovoz beriş vaqti", deb javob qaytardi.