NXL çempionatida iştirok etuvçi «Filadelfiya» xokkey klubi darvozaboni Mixal Noyvirt öyin vaqtida huşini yöqotdi.
Uşbu hodisa «Nyu-Jyersi»ga qarşi öyin vaqtida röy bergan. Birinçi bölim örtasida, öyin raqib hududida keçayotgan vaqtda darvozabon öz darvozasi oldida birdaniga ortga qulagan.
Öyin töxtatilgan va Noyvirtga yordam beriş uçun şifokorlar yetib kelgan. Darvozabon köp ötmasdan öziga kelgan, ammo uni muz maydonidan zambilga solib olib çiqib ketişgan. Uni tekşiriş uçun şifoxonaga olib ketişgan.
Noyvirtning örniga Entoni Stolarts öyinni davom ettirgan. Uçraşuv «Filadelfiya»ning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Xokkeyçilardan biri Jordan Uilning taxmin qilişiça, Noyvirtning qulaşiga qattiq çanqoqlik sabab bölgan.












