Jahon | 07:59 / 02.04.2017
3441
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi sellar qurbonlari soni 254 nafarga yetdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyaning janubi-g‘arbidagi Mokoa shahrida yuz bergan  sellar oqibatida halok bo‘lganlar soni 254 nafarga yetdi. Selga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida daryolarda suvning ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

"Bu haqiqatan ham ayanchli raqamlar", deb aytgan mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos.

Guvohlarning aytishicha, ayniqsa tungi soat 11 dan 1 gacha yoqqan yomg‘ir kuchli bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, 400 dan ko‘proq odam jarohat olgan, 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. 

Avvalroq voqea joyiga mamlakat prezidenti qutqaruv ishlarini shaxsan o‘zi nazorat qilgani yetib kelgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid