Boksçi Mayris Briyedis professional boksçilar örtasida nufuzli versiyada jahon çempioni unvonini qölga kiritgan ilk latviyalik boksçi böldi. U Germaniyaning Dortmund şahrida ötgan uçraşuvda nemis boksçisi Marko Xukni mağlub etib, 90,71 kg gaça vazn toifasida Butunjahon boks kengaşi (WBC) çempioni unvonini qölga kiritdi.

Barça hakamlar ğalabani bir ovozdan Briyedisga topşirişdi. Yakuniy hisob quyidagiça köriniş oldi: 116:111, 117:110, 118:109.
Briyedisning ğalabasini boks olamidagi muhim voqea deb aytiş mumkin.
Endi 32 yoşli Briyedisning hisobida 22 ta jangdan 22 ta ğalaba bor.
Uning tengquri Xuk 45 ta jangidan 40 tasida ğalaba qozongan, 4 tasida mağlub bölgan va bittasini durang bilan yakunlagan.











