Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Jon Tramp tomondan Navröz munosabati bilan yuborilgan tabrik maktubiga javob maktubi yölladi.
Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Jon Tramp Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilaniş, farovonlik va uyğoniş fasli bölgan Navröz bayrami munosabati bilan yöllagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uçun çin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Sizning şaxsiy munosabatingizni yuksak qadrlayman, Özbekiston Respublikasi bilan Amerika Qöşma Ştatlari örtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va mustahkamlaş, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini töliq qöllab-quvvatlayman.
Özbekiston bilan Amerikaning strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş borasidagi dolzarb masalalar böyiça yondaşuvlarimizning muştarakligi mamlakatlarimiz örtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izçil rivojlantiriş uçun mustahkam asos bölib xizmat qilişiga işonaman.
Biz amalga oşirayotgan çuqur va keng kölamli islohotlarni yuksak e'tirof etganingiz uçun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlaş, bozor islohotlarini çuqurlaştiriş va aholi hayot darajasini tubdan oşiriş böyiça tanlagan yölimizni qat'iy va izçil davom ettiramiz.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janob Prezidentga mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qöşma Ştatlari xalqiga tinçlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti











