Ivanka Tramp rasman AQŞ prezidenti maslahatçisi lavozimini egalladi.

AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp Oq uy rahbarining maslahatçisi rasmiy maqomiga ega böldi. Bu AQŞ tarixida davlat rahbarining yaqin qarindoşi uning maslahatçisi etib tayinlanganiga misol böluvçi ilk hodisa. Bu yil hukumatdagilarga qarindoş-uruğlarini lavozimlarga joylaştirişni taqiqlovçi maxsus qonun qabul qilinganiga 40 yil böladi, biroq qonun AQŞ prezidentiga ta'sir qilmaydi.

Otasining saylovoldi kampaniyasi davrida unga yordam bergan Ivanka Tramp endi rasman prezident maslahatçisi hisoblanadi. Oq uyning özi bu haqda rasman xabar tarqatgan. Endi Amerika prezidentining qizi uning mamlakat rahbariyati bilan yiğilişlarida hamroh böladi, buning uçun unga maxsus ruxsatnoma ham beriladi. Ivanka Trampning aytişiça, u "barça federal xizmatçilar böysunuvçi qoidalarga amal qiliş uçun" Oq uyning xodimasi bölgan.

Tramp xonimning aytişiça, u bu işida tekinga işlab beradi. Özining yangi roli misli körilmagan voqea bölişini ham u alohida qayd etib ötdi.

Prezidentning farzandlari Oq uyda rasmiy iş boşlagani AQŞning eng yangi tarixida şu paytgaça uçramagan edi. Biroq, ekspertlar Tramp prezidentligining özi ham odatdagidan özgaça, deya baholaşmoqda, çunki u prezidentlik ma'muriyatining köplab yozilmagan qonunlarini mudom inkor etib kelmoqda.

The New York Times gazetasining yozişiça, Ivanka Trampning bu lavozimga tayinlanişi "Tramp uçun kuyovi va qizining xayrixohligi qay darajada muhim ekanligini formal tan oliş" ekanligini bildiradi.

Şunday qilib, prezident Trampga endi uning özidan farqli ravişda, migratsiya va ozçiliklar huquqlari masalasida liberal qaraşlarga ega bölgan er-xotin Tramp-Kuşner juftligi maslahat berib turadi.

Boz ustiga, ularning ikkisi ham Demokratik partiya saylovçilari hisoblanişadi. Bu esa  Donald Trampning jamoasida Stiv Bennon kabi ultrakonservativ maslahatçilariga qarşi muvozanatni tiklaydi.

 

Şuhratparastlik namoyişi

Oq uyda qarindoşlarning işga olinişiga rasman taqiq yöq, çunki prezident hokimiyatning boşqa böğinidagi mulozimlardan farqli ölaroq, lavozimga tayinlanişida alohida e'tiborga molik huquqlar bilan ta'minlanadi.

Bu haqda yanvar oyida Trampning kuyovi Jared Kuşner maslahatçi etib tayinlanganligi qonunga mos keliş-kelmasligi haqidagi masala kötarilganda AQŞ adliya vazirligi ma'lum qilgan edi.