Ilgari AQŞ prezidenti Donald Trampga tegişli bölgan Ferrari F430 avtomobili Floridadagi Auctions America kimoşdi savdosida 270 ming dollarga sotildi. Bu haqida FrancePress kimoşdi savdosi taşkilotçilariga asoslanib, xabar berdi. 

Amerika rahbarining sobiq avtomobili şanba kuni sotuvga qöyilgan. Tramp Ferrari F430'ni 2007 yilda xarid qilgan. 2,4 ming mil (taxminan 3,8 ming kilometr) yöl bosib ötgan maşina sotildi. Avtoning yangi sohibi nomi oşkor qilinmadi. 

"Egasi maşhur kişilar bölmagan xuddi şunday modellar odatda qança yöl bosib ötgani, holati va jihozlariga qarab, 125-175 ming dollarga baholanadi", - dedi Auctions America vakili Emi Kristi.