Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Shensi viloyatida ichida 23 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus jarlikka tushib ketdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafar inson jarohat oldi. Bu haqda "Sinmin van" sayti xabar bermoqda.
Hodisa Xanchjun shahar okrugining Sisyan uyezdida yakshanba kuni kechki payt yuz berdi. Avtobusda 23 nafar yo‘lovchidan tashqari ikki nafar haydovchi ham bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida bir nafar bola ham bor, uch inson og‘ir tan jarohatlarini olgan. Har ikki haydovchi esa jiddiy jabrlanmadi.
Ta'kidlanishicha, avtobusda asosan muhojir-ishchilar bo‘lgan.
Ayni damda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37 / 30.01.2026
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
17:45 / 30.01.2026