Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan 1 aprel kuni Janubiy Koreyada işlaş istagini bildirib röyxatdan ötgan fuqarolarning koreys tilidan bilimlarini sinaş maqsadida dastlabki sinov ötkazilişi kerak edi. 

Sinov «Koreys tili böyiça test savollar» deb nomlangan bölsada Özbekiston va Jahon tarixi, adabiyot, geografiya, huquqşunoslik, biologiya, fizika va kimyo kabi fanlaridan savollar aralaştirilib, özbek tilida berilib, javob variantlari esa koreys tilida berilgan.

Bu savollar bir-biridan murakkab, bir-biridan mantiqsiz va kulgili, çala-yarim holatda bölgan hamda bunday testni topşirişning amalda iloji bölmagan.

Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi

Janubiy Koreyaga işlaş uçun ketayotgan kişilardan «Sirdaryo viloyati aholisining qança qismi çuçuk suv içişi», 1934 yilda Tunisda tuzilgan «Yangi dastur» partiyasi rahbari aslida qanday kasb egasi bölgani, «Möğul xoni Xitoyda qaçon qaysi sulolaga asos solganiyu», «Mitti yulduz» kitobi kimniki ekani, «Halima enam allalari» şe'riy töplami muallifi kimligiyu, «Çustda qaçon qözğalon bölgani»dan tortib, qaysidir Ahmad qaçon vafot etganigaça söralgan.

Kun davomida «Kun.uz» tahririyatiga tinimsiz telefon qönğiroqlari davom etdi, maktublar yuborildi va bu holatni yoritiş söraldi.

Sayt xodimi agentlik vakili bilan boğlandi va ba'zi savollarga javob olişga harakat qildi. 

Agentlik vakili avvaliga bugun dam oliş kuni ekanini rökaç qilib, gaplaşişga röyxuşlik bermadi. Holbuki, agentlik 2 aprel kuni ham sayti orqali test ötkazişni davom ettirişi kerak bölgan, ammo bugun agentlik sayti faoliyat yuritmayapti.

Agentlik vakili jarayondan boxabarligi, «Kun.uz» saytida naşr qilingan «Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi» va «Halima enam allalaridan Ahmad qaçon ölganigaça. Koreyaga işçilar kerakmi yoki professorlar?» materiallarini öqiganini bildirdi. Lekin u bu maqolalardagi fikrlarga qarşi borib, agentlik siyosatini yoqlaşda davom etdi.