1 aprel kuni ön minglab özbekistonliklar Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rasmiy saytida Bandlikka ruxsat beriş tizimida imtihon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar Janubiy Koreyaga işlaş uçun boriş istagida bölgan özbekistonliklar Özbekiston Respublikasi mehnat vazirligi taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan ötib bölmas tösiqlarga duç kelayotgani tufayli norozilik ohangidagi munosabat bilan tölib-toşdi.

Imtihonda iştirok etgan yuzlab manbalarning guvohlik berişiça, bu jarayon har qanday mantiqqa zid keçgan. Qoidaga köra, koreys tilidan bilim darajani aniqlaş uçun koreys tilidan savol-javob bölişi kerak bölgan örinda, özbek tilida tarix, adabiyot, ona tili, kimyo, fizika, huquq, geografiya, biologiya kabi fanlardan bir-biridan murakkab, bir-biridan mantiqsiz va kulgili, çala-yarim savollar berila boşlangan. 20ta savol uçun 10 daqiqa berilgan bölsa, bu vaqt savollar böyiça teng taqsimlanmagan. Ayrim savollarga 45 soniya, ba'zilariga 10 soniya vaqt berilgan. Quyida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan şunday namunalar va bunga munosabatlar keltiriladi.

Janubiy Koreyaga işlaş uçun ketayotgan kişilardan oliy öquv yurtlariga kiriş vaqtida abituriyentlarga beriladigan savollardan ham murakkabroq savollar berilgan. Xususan, ulardan "Sirdaryo viloyati aholisining qança qismi çuçuk suv içişi", "Möğul xoni Xitoyda qaçon qaysi sulolaga asos solganiyu", "Mitti yulduz" kitobi kimniki ekani, "Halima enam allalari" şe'riy töplami muallifi kimligiyu, "Çustda qaçon qözğalon bölgani"dan tortib, qaysidir Ahmad qaçon vafot etganigaça söralgan.