Motorola xodimi va ilk mobil telefon yaratuvçisi Martin Kuper portativ qurilmadan birinçi bor qönğiroq qilganiga 44 yil töldi.

Martin Kuper 1973 yilda Motorola DynaTAC nomi ostidagi ilk mobil telefonini çiqardi. Bu katta qurilma 1,15 kg. oğirlikka ega bölib, uzunligi 22 sm.ni taşkil qilgan. Unda 10ta raqamli hamda qönğiroq qiliş va uni töxtatişga möljallangan ikkita tugmaça bölgan. DynaTAC faqatgina qönğiroq qilişga möljallangandi.

Telefon suhbat rejimida yarim soat-bir soat işlagan bölib, juda uzoq vaqt quvvatlantirilgan – 10 soat.

Qiziqarli fakt

Taxminlarga köra, Martin 3 aprel kuni raqobatçi AT&T kompaniyasi xodimi Joel Engelga qönğiroq qilgan. Ular nima haqda gaplaşişgani hozirgaça noma'lum. Biroq aynan şu kun dunyoda mobil telefon orqali qönğiroq amalga oşirilgan birinçi kun bölgan, deb hisoblanadi.

Martin Kuperning Motorola DynaTac birinçi telefoni bilan birgalikdagi, şuningdek boşqa tugmali telefonlar fotosuratlarini taqdim etamiz.

Motorola DynaTAC – eng birinçi mobil telefon hisoblanadi. U 1973 yilda çiqarilgan bölib, öz ixtiroçisi tomonidan ilk qönğiroq amalga oşirilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 3310 – bu ham eng ommabop telefonlardan biri. 2000 yilda Nokia 3210’ni aliştiriş maqsadida işlab çiqilgan. Yuqori çidamlik va qulayligi tufayli uskuna juda maşhur bölib ketgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Ericsson T68 – panelida “Sony Ericsson” yozuvi paydo bölgan ilk telefon sanaladi.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 6200 – EDGE’da işlaşi mumkin bölgan ilk uyali telefon. 2002 yil.