Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4 aprel kuni davlat taşrifi bilan Moskva şahriga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Rossiya rahbariyati bilan uçraşuv va muzokaralarda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilinadi.
Özbekiston va Rossiya Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almaşadilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça ikki davlat Prezidentlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Taşrif doirasida Özbekiston – Rossiya munosabatlarini izçil rivojlantiriş, özaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat şartnomalari va boşqa qator hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Toşkent va Moskva 16 milliard dollarlik şartnomalarni imzolaydi












