3 aprel kuni Rossiyaning «Gazprombank» AJ va Özbekistonning «Asaka» ATB Toşkent şahrida metallurgiya zavodini quriş loyihasini moliyalaştiriş böyiça hamkorlik haqidagi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda UzDaily.uz.
Hujjat banklarning xalqaro özaro manfaatli hamkorlik, jumladan Özbekiston Respublikasi uçun davlat ahamiyatiga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalaştiriş borasidagi niyatini tasdiqlaydi.
Hamkorlik doirasida tomonlar Toşkent şahridan uzoq bölmagan yerda metallurgiya zavodini quriş böyiça loyihani moliyalaştirişni rejalaştirmoqda.
Bölajak zavodda metall listlarni işlab çiqariş böyiça zamonaviy yuqori texnologiyali korxona işga tuşirilişi möljallangan.
Loyiha qiymati 280 million yevrodan köproqni taşkil etadi. Zavod qurilişi yaqin oylar içida boşlanadi. Sanoat loyihasi 2019 yilda foydalanişga topşiriladi.
Toşkent metallurgiya zavodining quvvati yiliga 500 ming tonna mahsulotni taşkil etadi.
«Loyiha Özbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan amaliy qöllab-quvvatlanayotgani, özbek tomonidan eng asosiy sarmoyador esa loyihaga 100 million yevro kiritayotgan Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ekanligi juda muhim», - deya ta'kidlab ötdi Gazprombank boşqaruv raisi örinbosari Aleksey Matveyev.











