AQŞ prezidenti Donald Tramp Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlaşni "juda dahşatli" deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Dahşatli hodisa – bunday hodisalar butun dunyoda yuz beradi. Juda dahşatli hodisa", deb aytdi Tramp undan bölib ötgan voqeaga izoh beriş söralganda.

Avvalroq Apple rahbari Tim Kuk rus tilida Peterburgda portlaş munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

3 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 14.40da Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploşçad" va "Texnologiçeskiy institut-2" stansiyalari örtasidagi yölda portlaş yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaş oqibatida 10 kişi halok bölgan. Tergov qömitasi terakt böyiça jinoiy iş qözğatgan.