Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xotira va Qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisidagi qaroriga köra, mamlakatdagi uruş va mehnat frontining har bir qatnaşçisi munosib qutlanadi. 

«Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyğusi bilan barhayotdir. Xotira – keçagi ötmişni, ajdodlar ögitini, milliy merosimizni anglatib turuvçi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka kötaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilişlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bağişlaydi», — deyilgan hujjat matnida.

Dasturda yolğiz va kam ta'minlangan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari turar joyi va uy xöjaliklarini ta'mirlaş, obodonlaştiriş hamda öz uy-joyiga ega bölmaganlariga turar joy ajratiş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş ham közda tutilgan.

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi

Viloyat, şahar va tumanlarning köça va maydonlari Xotira va Qadrlaş kuniga bağişlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi. Bayram dasturxonlari tuzaladi, Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, uruş yillari qöşiq va musiqalari qöyiladi.

Özbekiston Mudofaa vazirligiga Xotira va Qadrlaş kuni munosabati bilan Toşkent şahrida 9 may kuni soat 21:00 da bayram salyutini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan.