Sankt-Peterburgdagi teraktni amalga oşirişda gumonlanayotgan Akbarjon Jalilovning yaqinlari Pulkovo aeroportiga uçib kelişdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Taxminlarga köra, Jalilovning onasi Qirğizistonning Öş şahridan Sankt-Peterburgga yetib kelgan.
Avvalroq Rossiya Tergov qömitasi Jalilov Peterburgdagi portlaş ijroçisi ekanini tasdiqlagani haqida xabar bergandik.
Bundan taşqari, Tergov qömitasi Sankt-Peterburg metrosidagi terakt oqibatida halok bölganlarning şaxsini aniqladi hamda öz saytida terakt qurbonlarining 10 nafaridan iborat röyxatini berdi.
Eslatib ötamiz, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploşçad» bekatidan kirib kelgan poyezdda portlaş sodir böldi. Portlaş oqibatida halok bölganlar soni 14 nafarni taşkil qildi, 49 kişi jarohatlandi.

















