Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashida Suriyada kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi
Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya BMT Xavfsizlik kengashi a'zolariga Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda TASS agentligi AQShning tashkilotdagi maxsus vakiliga asoslanib xabar bergan.
«O‘tgan kechada BMT Xavfsizlik kengashida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning 4 aprel kuni Suriya Arab Respublikasining Xon-Sheyxun shahrida kimyoviy qurol qo‘llangani to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyutsiyasi tarqatildi», — deyilgan xabarda.
Delegatsiyalar 5 aprel kuni soat 17:00gacha bu hujjatga o‘z munosabatlarini bildirishadi. Soat 19:00da Xavfsizlik kengashining ochiq majlisi boshlanadi.
«Gaz hujumi» haqida 4 aprel kuni ma'lum bo‘ldi. Suriya inson huquqlari observatoriyasi muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xon-Sheyxun shahrida kamida 58 kishi aviahujumlar chog‘i zaharlovchi gaz qo‘llanishi qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.
Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, hujum oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi va 400 kishi jabrlandi.
Muxolifat mazkur hujumda hukumat harbiy-havo kuchlarini aybladi.
O‘z navbatida, rasmiy Damashq armiya kimyoviy qurol qo‘llamagani va qo‘llamasligini bildirib, ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026