5 aprel kuni «Kamolot» YoIH Markaziy kengaşi Vasiylik kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Vasiylik kengaşiga raislik qiluvçi Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov, boş vazir örinbosari Tanzila Norbayeva hamda barça mutasaddi vazirlar ham iştirok etgan.
Yiğiliş davomida Markaziy kengaş raisi lavozimiga yangi rahbar saylandi. «Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, bundan buyon harakatga Odiljon Tojiyev raislik qiladi.
U fevral oyida harakatga vaqtinçalik rahbar bölgan Sarvar Aşurov örnini egalladi.
«Kamolot»ning avvalgi rahbari Bahodir Ğaniyev yanvar oyida Prezident Devoni yoşlar masalalari sektori rahbari etib tayinlangandi.
Odiljon Tojiyev 1984 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Şu paytgaça Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Öz vaqtida Harakatning Markaziy kengaş apparati Taşkiliy-kadrlar va malaka oşiriş bölimi mudiri, keyinroq Toşkent viloyat hududiy Kengaşining raisi lavozimida işlagan.












