Yevropa ittifoqidan eng katta yordam oladigan va Yevroittifoq davlatlariga işçi kuçini eng köp eksport qiluvçi bu davlat uçun endi murakkab davrlar boşlanadi.

Polşa şimoliy-şarqidagi Vrmin-Mazursk voyevodligi markazi bölmiş Olştin şahri aeroportida biznes qaynamoqda. Bu yerdan haftasiga faqat ikkita reys uçadi va ikkisi ham Buyuk Britaniyaga, lekin ulardagi örinlar butun yoz böyi, deyarli qiş böyi ham oldindan band qilib bölingan böladi. Endi bu çiptalar noma'lumlik tomon yetkazadi, şekilli.

Brexit jarayoni işga tuşirilganidan boşlab boşqa mamlakatlardan köra Polşa bu ayançli ajraşişning oqibatlari oldida öta zaif körinib bormoqda.

U Yevropa ittifoqi tomonidan körsatiladigan yordamni eng yirik oluvçisi va qit'adagi xorijiy işçi kuçining eng yirik jönatuvçisi hisoblanadi. Olştin kabi Varşavadan 160 km uzoqlikda joylaşgan, sobiq harbiy baza bölgan aeroportlarda unisiga ham, bunisiga ham guvoh böliş mumkin.

YeIdan yordam sifatida olingan 29 million yevroga qayta qurilgan aeroport asosan Buyuk Britaniyada yaşovçi va işlovçi polyaklarga xizmat körsatadi. Ularning soni millionga yaqin va blokni tark etayotgan mamlakatdagi YeI fuqarolari sonining uçdan birini taşkil etadi.

Endi nafaqat işçilarning statusi söroq ostida, balki YeI tomonidan kelajakda beriladigan subsidiyalar ham noma'lum, çunki Brexit oqibatida blok byudjyeti kattaligi böyiça ikkinçi daromad manbasidan ayriladi.

Polşa taşqi işlar vaziri Konrad Şimanski Bloomberg agentligiga şunday dedi:

"Körinib turibdiki, Brexit biz uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega. Agar biz muzokaralarda öz sözimizni ötkaza olmasak, bu içki bozorimizga zarar yetkazadi. Aftidan, polyaklarning Buyuk Britaniyada yaşaşiga oid masalalarni muvofiqlaştiriş juda qiyin böladi, çunki kuçlar teng emas".

Brexit Polşa uçun öta noqulay paytda yuz berdi. Uning millatçi hukumati YeI prezidenti lavozimidan mamlakatning sobiq boş vaziri Donald Tuskni siqib çiqarişga uringanidan söng Bryusselda tobora izolyatsiyaga duç kelmoqda. Bir vaqtning özida, mamlakat YeI investitsiyalari iqtisodiyotning sekinlaşişidan asrab qolişiga işonmoqda.

2004 yilda Polşa şarqiy Yevropaning boşqa davlatlari qatori YeI a'zosiga aylangaç, 250 milliard yevroga yaqin pulni sarflab yuborgan. Zamonaviy narxlarda hisoblansa, Ikkinçi jahon uruşidan söng AQŞ Marşall rejasi böyiça ğarb davlatlariga taqdim etgan mablağlardan ham katta summa.