Jahonning sobiq birinçi raketkasi Rodjyer Federerni 2008 yilda hisobdan çiqarişgandi. U öşanda asosiy raqibi — Rafael Nadalga örnini böşatib bergandi. Şundan söng, şveysariyalik Tennis çöqqisiga bir neça marotaba qaytdi, oradan 9 yil ötgaç, u yana şohsupada. Xöş, 35 yoşli maestroning siri nimada? Rossiya OAV şu haqda fikr yuritadi.
Ötgan yakşanba, 2 aprel kuni Federer mavsumda uçinçi marta Nadalni mağlub etdi. Bu safar Mayamida bölib ötgan «Masters» seriyasiga kiruvçi musobaqada azaliy raqibini doğda qoldirdi. Şveytsariyalik tennisçi uşbu ğalabasidan söng, ATP çempionlik poygasida birinçi öringa kötarilib oldi. Bundan taşqari, jahon tennis reytingida 4-öringa joylaşdi. Aytiş joizki, 3 oy muqaddam, maestroning bunday natija körsatişi aytilganida, köpçilik işonmagan bölardi. Bunga hatto, Federerning özi ham işonmagan bölişini aytgan.
«Agar menga mavsumni şunçalik omadli boşlaşimni aytişganida kulib qöya qolardim. Bu mening rejalarimga kirmas edi. Biz jamoamiz bilan Uimbldon oldidan ilk sakkizlikka kirmoqçi edik, biroq bundan oldinroq bu natijani qayd etdik... Bu juda ham yaxşi, ammo endi men maqsadlarimni qayta baholaşim kerak. Kelajakda nima qilişimni tuşunib olişim zarur», — degan Federer.
2016 yil yozida 35 yoşli tennisçi mavsumni yomon ötkazgaç, yarim yilga tin olişini ma'lum qilgandi. U umrida ilk bora tizzasida jarrohlik amaliyoti ötkazdi. Öşanda, tahlilçilar, Federerni yana bir marta nafaqaga çiqarişgandi.
Biroq, 2017 yilgi mavsum ekspertlar fikrining aksini körsatmoqda. U 3ta yirik musobaqa: Australian Open va Indian-Uells hamda Mayamidagi «Masters» turnirlarida ğolib böldi. U bunday natijaga 2006 yilda, 24 yoşida erişgan, xolos.
Aytiş jozki, aynan bekxend Federerning sönggi yillardagi zaif joyi edi va u hal qiluvçi lahzalarda pand berib qöyardi. Xususan, US Open-2015 finalida Rodjyer ayni sabab tufayli Jokoviçga mağlub bölgan edi. Lyubiçiç ustozlik qila boşlaganidan söng, bekxend kutilmaganda Rodjyerning asosiy quroliga aylandi. «Men çap tomondan avvalgidan yaxşiroq koptokni qabul qilib, hujum ham qilyapman. Uşbu zarba sabab men har bir öyinda raqibimga öz şartimni qöya olaman», — deydi maestro Nadal ustidan Indian-Uellsda qozonilgan ğalabadan söng.
Şveytsariyalik tennisçining boşqa usullari ham yomon emasligini ta'kidlaş mumkin. Uning töp uzatişi hamon ajoyib: Federer öyinni 90 foizini şu uslubidan foydalangan holda hal qiladi. Uning öng tomondan bergan zarbasi dunyodagi eng yaxşilaridan biri bölib kelgan. Biroq, Lyubiçiç murabbiylik kursisiga kelgaç, yangi jihatlar paydo böldi: Rodjyer köproq qaytuvçi krossdan foydalana boşladi. Ayni şu zarba Australian Open-2017 finalining hal qiluvçi daqiqalarida yordam berdi va «Masters» turkumida muhim oçkolarni taqdim etdi.














