Şveytsariyalik tennisçi Rodjyer Federer öz mamlakatida yil sportçisi deb topildi. Bu haqda Blick naşri xabar tarqatdi.
Jahonning ikkinçi raqamli raketkasi öz faoliyatida yettinçi marta Şveytsariyaning eng yaxşi sportçisi deb topilmoqda. Joriy mavsumda Federer 7 titul sohibi böldi. Jumladan, Uimbldon va Australian Open turnirlarida ğalaba qozondi.
Federerning ustozi Severin Lyuti yil murabbiyi sifatida taqdirlangan.
Şveytsariyada yilning eng yaxşi ayol sportçisi toğ çanğisi sporti vakili Vendi Xoldener böldi, u 2017 yilgi jahon çempionatida birinçi örinni qölga kiritgandi.
Futbol böyiça Şveytsariya terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatiga yöl olgan holda yilning eng yaxşi jamoasi bölgan.













