Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4 aprel kuni davlat taşrifi bilan Moskvaga keldi. 

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati a'zolari kutib oldi. 

Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almaşadilar. 

Mamlakat Prezidentining davlat taşrifi çoğida ikki davlat Prezidentlarining Qöşma bayonoti, Özbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan 50 dan ortiq hujjat imzolanişi möljallangan. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat taşrifiga tayyorgarlik doirasida mamlakatimizning Moskva şahridagi elçixonasida 3 aprel kuni Özbekiston va Rossiya örtasida hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi. Ikki davlat vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida umumiy qiymati 3,5 milliard AQŞ dollaridan ortiq bölgan 16 ta ikki tomonlama bitim, şartnoma va boşqa hujjatlarni imzoladi. 

Taşrifning asosiy voqealari 5 aprelga belgilangan.

Toşkent va Moskva 16 milliard dollarlik şartnomalarni imzolaydi