Moskvaga davlat taşrifini amalga oşirayotgan Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi.

Kremlda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi va Şavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan ötişdi.

Prezident qarorgohida ikki siyosatçi OAV uçun kiçik çiqiş qilişdi va suratga tuşişdi. Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga murojaatini Sankt-Peterburgda yuz bergan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirişdan boşladi.

Şundan söng yopiq eşiklar ortida muzokaralarga ötilgan. Şavkat Mirziyoyevga muzokaralarda boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov, TIV rahbari Abdulaziz Komilov hamda TIAISV rahbari Elyor Ğaniyev hamrohlik qilmoqda.

Prezidentlarning tor doiradagi uçraşuvida Özbekiston va Rossiya örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş sohasida hamkorlik, Afğonistonda tinçlikni saqlaş masalalari muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbarlarining qöşma bayonoti, Özbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirişga qaratilgan 50dan ortiq hujjat imzolanişi möljallangan.