Akbarjon Jalilovning qarindoşlari uning Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga aloqadorligiga işonişmayapti. 

"Akbarjon uylanmagan edi. Men u Rossiya armiyasida xizmat qilayotgani haqida eşitgandim. Armiyada xizmat qilgan yigit bunday işga qöl urişiga işonmayman. U Rossiyaga 5-6 yil avval ketgandi", - deya aytib ötgan gumonlanuvçining xolasi Dilabzo Jalilova.

Qarindoşlarining sözlariga köra, oiladagi erkaklar barça kabi juma kunlari masjidga borişgan. Ular ekstremistik taşkilotga a'zo bölişmagan. Ular şunday mehnatsevar yigit qanday qilib ekstremist bölib qolganini tuşuna olişmayapti.

Avvalroq Peterburgda terrorçilarning xabarçilari sifatida gumon qilingan 6 kişi qölga olingani haqida xabar berilgandi.