Sport | 12:42 / 06.04.2017
9823
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyalik futbolchi raqib boshini qasddan tepgani uchun ancha vaqtga diskvalifikatsiya qilindi

Angliyaning «Lids» jamoasi himoyachisi Liam Kuper 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) saytida ma'lum qilinishicha, u raqib futbolchining boshiga qasddan sakrab tepgani uchun jazolandi.

Ushbu hodisa 1 aprel kuni chempionshipning 39 turida «Reding»ga qarshi o‘yin vaqtida ro‘y bergan. «Lids» futbolchisining harakatidan himoyachi Ris Oksford jabrlangan. O‘yin hakami o‘yin vaqtida bu holatni payqamagan, FA o‘yin videoyozuvini ko‘rib chiqish vaqtida ushbu epizodga e'tibor qaratgan va futbolchiga jazo tayinlagan.

Mavzuga oid