DNK tahlili Akbarjon Jalilov şaxsini tasdiqladi. U, tergov tomoni taxminiga köra, Peterburg metrosida portlovçi qurilmani harakatga keltirgan. Bu haqda Tergov qömitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenko ma'lum qildi.
Akbarjon Jalilov şaxsini uning ota-onasi ham tasdiqladi. Hozirda, tergovçilar terrorçi ekani taxmin qilinayotgan gumondorning döstlari va atrofidagi odamlarni aniqlamoqda.
"Halok bölganlardan sönggilari Nevnerjitskaya Mariya, Krasikova Yuliya va Mazanov Dmitriylarning şaxsini tasdiqlangan", — deb aniqlik kiritgan Petrenko.
"Ploşçad Vosstaniya" metro bekatida aniqlangan qölbola portlovçi qurilma maxsus ekpertizaga yuborilgan. Unda portlovçi qurilmaning turi, kuçi, zarar yetkazuvçi elementlari va boşqa jihatlari örganiladi.
Tergov qömitasi vakilasining aytişiça, Jalilov uyini tintuv qilişda olingan aşyolar ham tekşiruvga yuboriladi.
"Dastlabki ma'lumotlarga köra, ularning ikkisi ham "Ploşçadi Vosstaniya" bekatida topilgan qurilmadagi aşyolarga öxşaş, biroq yakuniy xulosani ekspertiza natijasidan söng beriş mumkin", — degan Petrenko.
Sankt-Peterburg metrosidagi portlaş 3 aprel kuni "Sennaya ploşçad" va "Texnologiçeskiy institut-2" bekatlari oraliğida röy berdi. Buning oqibatida 14 kişi hayotdan köz yumdi. Tergov taxminiga köra, 22 yoşli Jalilov dastlab "Ploşçad Vosstaniya" bekatida yaşiringan qölbola bombani qoldirgan, söngra vagonlardan birida özini portlatib yuborgan.

















