Italiya kubogining 1/2 finalidan örin olgan ikkinçi javob uçraşuvi bölib ötdi.

Unda «Napoli» öz uyida «Yuventus»ni qabul qildi. Marek Hamşik, Dris Mertens va Lorentso Insine tomonidan kiritilgan gollarga Gonsalo Higuain dubl bilan javob qaytardi. Neapolliklar uçraşuvda 3:2 hisobida ğalaba qozonişiga qaramasdan, final yöllanmasini qölga kirita olmadi. Birinçi uçraşuvdagi ğalaba turinliklarni finalga olib çiqdi. 

Finalda «Yuventus» Rimning «Latsio» klubiga qarşi maydonga çiqadi. «Latsio» yarim finalda «Roma»dan ustun kelgandi.

Italiya kubogi, 1/2 final

Napoli – Yuventus 3:2 (0:1)
Gollar: Hamşik (53), Mertens (61), Insine (67) – Higuain (32, 58).
Napoli: Reyna, Kirikeş, Ğulom, Hyusay, Kulibali, Hamşik (Pavoletti, 75), Diavara, Kalexon, Zelinski (Allan, 82), Insine, Milik (Mertens, 61).
Yuventus: Neto, Bonuççi, Aleks Sandro, Dani Alves, Benatiya, Rinkon (Pyaniç, 70), Xedira, Sturaro (Lemina, 86), Kuadrado, Dibala (Bardzali, 76), Higuain.
Ogohlanitirişlar: Rinkon (25), Kulibali (28), Kuadrado (30), Kalexon (30), Diavara (65), Maksimoviç (75), Ğulom (80), Pyaniç (85), Dani Alves (88).
Dastlabki uçraşuv: 1:3