Maxsus xizmatlar Jalilov Suriyada bo‘lib qaytganini aytmoqda

Peterburg terakti ijrochisi Akbarjon Jalilov Suriyada IShID jangarilari safida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Fontanka.ru» o‘z manbasiga asoslanib xabar bergan.
Federal xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma'lum qilishicha, 2014 yili Jalilov Turkiyadan Rossiyaga kirgani aniqlangan.
«U Suriyada bo‘lgani, IShID nazorati ostidagi hududda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida ishonchli axborot mavjud», — deyilgan saytda.
Uning IShID bilan aloqadorligini u tayyorlagan bomba ham isbotlab turgani aytilgan. Ya'ni, bombada asosan Suriyadagi jangarilar ishlatadigan qizdirilgan shakar moddasidan foydalanilgan.
Rossiya maxsus xizmatlari Jalilovning chet elga sayohatlari marshrutlarini o‘rganmoqda.
Bundan oldinroq Tergov qo‘mitasi Jalilovning sheriklari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Hozircha ularning shaxsi ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, bugun Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida Sankt-Peterburgning «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuatsiya qilindi va portlovchi qurilma zararsizlantirildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

10:37 / 24.03.2025
Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi

07:47 / 23.08.2024