NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yölga qöyiş uçun 2014 yil mayida Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida oçgan byurosi yopildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi byuro xodimlariga asoslanib xabar bergan.
Ofis rahbari Rozariya Pulizi vakolatxonaning yopilişida siyosiy sabab yöqligini ma'lum qilgan.
«Alyansning Markaziy Osiyo mintaqasidagi işi muhimligiça qoladi. Ammo endi Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar Bryussel şahridan turib töğridan-töğri yölga qöyiladi», — degan u.
Vakolatxonani yopiş qarori 2016 yilning noyabrida qabul qilingandi.
Öşanda Özbekistondagi filialning yopilişiga 2017 yilgi byudjyetning qayta körib çiqilişi sabab bölişi ekani aytilgandi.
Ofisdagi texnikalar Toşkentdagi mahalliy huquq himoyaçilari taşkilotiga beriladi, Rozariya Pulizi esa NATOning Gruziyadagi bölimida faoliyatini davom ettiradi.
NATO va AQŞ hozirga qadar Afğonistondan jangovar qöşinlarni olib çiqişda Özbekiston hududidan tranzit sifatida foydalanib kelgan.
Bugunga kelib NATO harbiy bloki dunyoda 41 hamkorga ega bölib, ular qatorida Özbekistondan taşqari Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston ham bor. Özbekiston 1994 yildan buyon NATO bilan «Tinçlik yölida hamkorlik» dasturi asosida hamkorlik qilib keladi, 1996 yildan boşlab esa Özbekiston bilan «Individual şeriklik va hamkorlik dasturlari» asosida iş olib boriladi.
2001 yil 11 sentabr teraktidan keyin AQŞ va NATO ittifoqçilari Özbekistonning Xonobod harbiy bazasidan foydalana boşladi.
2005 yilda esa Andijon voqealari ortidan Özbekiston Amerika harbiylarini öz hududidan çiqarib yuborgan.












