Rossiya tergov qömitasi rasmiy vakilasi Svetlana Petrenko jinoyatçilarning Astraxandagi politsiyaçilarga nima maqsadda hujum qilganiga oydinlik kiritdi. Ular boşqa jinoyatlarni sodir etişda huquq-tartibot xodimlarining qurollarini egallab olişni qasd qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

«Mazkur harakat huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini yomon köriş hamda boşqa jinoyatlar, xususan, navbatdagi politsiyaçilarni öldirişda qöllaş uçun ularning qurollariga egalik qiliş maqsadida amalga oşirilgan», — degan Petrenko. 

Uning sözlariga köra, ayblanuvçilarning turar joylarida tintuvlar ötkazilgan. Ulardan birining uyidan audioyozuv topilgan. Unda jinoyatçi «ekstremistik qaraşlarini izhor qilib, jinoyatlar sodir etişga çaqirgan».

4 aprel kuni Astraxanda YTH iştirokçilari avtofalokat röy bergan joyga kelgan politsiyaçilarga öq uzgan va voqea joyidan yaşiringan. Keyinçalik, politsiya mahkamasi Astraxan YHXBB xodimlarini öldirganlikda gumonlanuvçilarning ikki nafarini qölga oldi. 6 aprel kuni noma'lum kimsalar Astraxanda avtomobildan Rosgvardiya xodimlariga öq uzgan, buning oqibatida rosgvardiyaçilar yaralangan, hujum qilganlardan biri öldirilgan edi. Şundan söng, Rosgvardiya jangçilari maxsus amaliyot çoğida qolgan barça gumonlanuvçilarni yöq qilgan.