Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Idlibda halok bo‘lganlar sud-tibbiy ekspertizasi natijalarini Haagaga yuboradi
Turkiya milliy sog‘liqni saqlash vaziri Rajab Oqdog‘ning xabar berishicha, Suriyaning Idlib viloyatida ro‘y bergan hujum oqibatida halok bo‘lganlarning sud-tibbiy ekspertizasi bayonnomalari Haagadagi xalqaro idoralarga o‘rganish uchun yuborildi. Bu haqda u Erzurum shahrida jurnalistlarga aytib o‘tgan.
"Kimyoviy hujum haqidagi faktlardan so‘zlovchi sud-tibbiy ekspertizasi natijalari Haagada ham o‘rganiladi", - degan u. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu hodisa bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak. Turkiyaga Idlibda halok bo‘lgan yoki jarohatlangan 50dan ortiq suriyalik yetkazildi, uch jasad mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi hamda bo‘g‘uvchi xususiyatga ega kimyoviy moddalar ta'siri topildi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Qurtulmushning Istanbulda ma'lum qilishicha, “ekspertiza natijalari kimyoviy hujumdan yaqqol dalolat bermoqda”. “Bularning bari hujjatlar bilan tasdiqlanmoqda. Barcha ma'lumotlar va fotosuratlar BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh assambleyasiga yuboriladi”, - deya aytib o‘tdi u.
Avvalroq Rossiya va Suriya harbiylari ro‘y bergan holatga aloqador ekanliklarini rad etishdi.
4 aprel kuni Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Shayxunga zaharli gaz to‘ldirilgani taxmin qilingan bombalar tashlangani, buning oqibatida kamida 58 kishi, shu jumladan 11 nafar bola ham halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
18:17
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026