Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat taşrifi yakunlari böyiça qator hujjatlar imzolandi. 

«Oliy darajadagi muzokaralarda özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişning muhim yönalişlari belgilab olindi. Prezidentimizning tarixiy ahamiyat kasb etgan uşbu davlat taşrifi Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqişiga xizmat qiladi», deyilgan ÖzA axborotida. 

Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qöşma bayonotni imzolaşdi. Özbekiston – Rossiya munosabatlarini izçil rivojlantiriş, özaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boşqa qator hujjatlar imzolandi. 

Özbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralar yakunlari böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdi. Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralar oçiqlik, özaro işonç va amaliy ruhda ötganini ta'kidladilar. Taşrif asnosida erişilgan 50dan ortiq kelişuvlar, imzolangan hujjatlar Özbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada yuksaltirişga, davlatlarimiz örtasida hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilişi qayd etildi. 

Özbekiston va Rossiya kelişuvlari

Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin: Yakuniy bayonot