Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat taşrifi yakunlari böyiça qator hujjatlar imzolandi. 

Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, şuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va soğliqni saqlaşga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bölgan 55 hujjat imzolandi.

Jumladan, Rossiya va Özbekiston hukumatlari Özbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinçalik mehnat qilişga uyuşgan holda jalb etiş böyiça kelişuv imzolagan.

Şuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etiş, soğliqni saqlaş, tibbiy ta'lim va fan sohasida, turizm sohasida özaro hamkorlik böyiça kelişuvlar imzolangan.

Özbekiston va Rossiya örtasida 50dan ortiq hujjat imzolandi

Imzolangan hujjatlar:

1. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimiroviç Putin örtasida qöşma bayonot.

2. Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari örtasida mintaqalararo hamkorlikni rağbatlantiriş böyiça kelişuv.

3. Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati örtasida Özbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinçalik mehnat qilişga uyuşgan holda jalb etiş böyiça kelişuv.

4. Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati örtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etiş böyiça kelişuv.

5. Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati örtasida soğliqni saqlaş, tibbiy ta'lim va fan sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuv.

6. Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati örtasida turizm sohasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuv.

7. Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Rossiyaning fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qiliş, işlab çiqariş va eksport qilişga ixtisoslaşgan «Rostex» davlat korporatsiyasi örtasida anglaşuv memorandumi.