AQŞ 6 aprel, payşanba kuni keçqurun Suriyadagi aerodromga zarba berdi. Bu suriyalik harbiylar tomonidan Idlibda kimyoviy qurol işlatilganiga javoban yuz berdi, deb xabar bermoqda NBC News AQŞ harbiy amaldorlariga asosan.
Xabar qilinişiça, Qöşma Ştatlar “önlab qanotli raketalarni” uçirgan.
AQŞ harbiylari kamida 50ta “Tomagavk” raketalarini uçirgan, ular Xoms viloyatidagi aş-Şayrotni nişonga olgan, deb ta'kidlaydi telekanal.
“Bu AQŞning taxminiga köra, Suriya hukumati taqiqlangan qurolni qöllagan aerodromdir”, - deb xabar berdi telekanal.
AFP naşrining xabar berişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp harbiylarga Idlibdagi voqealardan keyin Başar Asadga qarşi harakatlarni faollaştirişga körsatma bergan.
Bundan oldinroq Tramp Idlibda kimyoviy qurol qöllangani haqidagi xabardan keyin Asadga munosabati keskin özgargani haqida ma'lum qilgandi.
BMT Xavfsizlik kengaşining Idlibdagi voqea böyiça yiğilişi vaqtida Suriyaning BMT qoşidagi maxsus vakili Monzer hukumat qöşinlari bu hududda kimyoviy qurol qöllagani haqidagi xabarni rad etdi.
4 aprel kuni Londonda joylaşgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi Xan-Şayxunga zaharli gaz töldirilgani taxmin qilingan bombalar taşlangani, buning oqibatida kamida 100 kişi, şu jumladan önlab nafar bola ham halok bölgani haqida xabar qilgan edi. Şuningdek, 500 kişi zaharlangan holda şifoxonaga yotqizilgan.












