AQŞ prezidenti Donald Tramp boyligining aniq miqdori ma'lum emas. Trampning aytişiça, uning boyligi 10 mlrd dollarga teng. Forbes naşri esa Trampning boyligi ança kamroqni – 3,5 mlrd dollarni taşkil qilişini aytib keladi. Biroq nima bölganda ham, u badavlat insondir. 

Forbes ma'lumotlariga köra, Tramp boyligining asosiy taşkil etuvçisi – köçmas mulkdir. Trampning birgina Nyu-Yorkdagi köçmas mulki 1,7 mlrd dollarga baholanadi. Qolgan köçmas mol-mulki esa 630 mln dollarga teng. 

Bunga Trampga tegişli 620 mln dollarlik golf-klub va kurortlarni, 270 mln dollarlik aksiya va obligatsiyalarni va Tramp nomining savdo markalari, binolar va boşqalarda işlatilişidan olingan 230 mln dollarni qöşing. Aynan 3,5 mlrd dollar hosil böladi.

Biroq Tramp bundan 5 çandon boyroq bölişi ham mumkin edi. Buning sababi esa quyida keltirilgan.

Faraz qilaylik, Tramp 1974 yilda fond bozoriga 1 dollar tikib, olingan dividendlarni investitsiya qilganda, 2016 yil oxiriga kelib unda 84,11 dollar pul jamğarilgan bölardi.

Aslida 1974 yilda Trampda 200 mln dollar bölgan. Bu pul unga otasidan meros bölib qolgan. Agar bu pullarni investitsiya qilganda, unda bugun uning boyligi 16,8 mlrd dollarni, ya'ni dastlabki pulidan 80 çandon köproqni taşkil qilgan bölardi. Bu miqdor esa 3,5 mlrd dollardan ançagina köp, töğrimasmi?

Şuning uçun agar Tramp özida bor bölgan pulni biznesni yuritişga emas, balki fond bozoriga kiritib, vaqtini golf öynab ötkazganda unda u bugungi kunda Forbes reytingida 544-örinni emas, balki milliarderlar Rey Dalio va Karl Aykan bilan bir qatorda 54-örinni egallab turgan bölardi.