Köpçilik taajjubiga, AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Tszinpin bilan ilk uçraşuvi uçun Oq uyni emas, balki Floridadagi öziga tegişli "Mar-a-Lago" maskanini tanladi. Ehtimol, Tramp bu qarori bilan bölib ötajak muzokaralar taftini pasaytirişga harakat qilgan bölişi mumkin. Axir bir haftagina oldin u tvitterda Si Tszinpin bilan uçraşuvlar "juda murakkab" bölişini aytib ötgandi.
Biroq, hozirça bir narsa murakkablik tuğdirdi, xolos: Trampga qaraşli maskanda Xitoydan kelgan köp kişilik delegatsiya uçun joy yetmadi. Şuning uçun maskanga siğmaganlar yaqin oradagi mehmonxonadan xonalar olişlariga töğri kelgan.
Xitoylik mehmonlarning kelişi uçun "Mar-a-Lago" özgaça tarzda bezaldi.

Suratlardan körinişiça, bir-birlariga tabassum ulaşayotgan yetakçilar umumiy til topgan körinişadi. Bunga ajablanmasa ham böladi, çunki uçraşuvning birinçi kunida heç qanday talablar qöyilmagan: faqatgina tanişuv, birgalikda sayr qiliş va keçki ovqat tanovuli bölib ötdi.
Yetakçilar uçraşuvida Trampning katta qizi Ivanka Tramp va uning turmuş örtoği Jared Kuşner ham iştirok etdi.

Jurnalistlar Trampning Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uçraşuvidan farqli ölaroq, Tramp va Tszinpinning önlab marotaba qöl siqib körişganini suratlarga muhrlaşdi.

Muzokaralar 7 aprelda boşlanadi. Ikki davlat yetakçisi savdo munosabatlari, Tayvan masalasi va Şimoliy Koreyaning yadroviy dasturini muhokama qilişadi.















