Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning kuni-keça Moskvaga qilgan davlat taşrifi hamon ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida turibdi.

Taşrif tomonidan hukumatlararo, idoralararo 16 milliard AQŞ dollariga yaqin 40 dan ortiq şartnoma va bitimlar imzolangani bugun köça-köyda, jamoat transportlarida ham vatandoşlarimiz tomonidan qizğin muhokama etilayotganining özi ham bu tarixiy taşrifning ahamiyati neçoğlik yuqori bölgani, strategik şerigimiz va iqtisodiy hamkorimiz bölgan Rossiya Federatsiyasi bilan boşlanadigan hamkorlikning yangi bosqiçidan odamlarning umidi katta ekanligidan dalolat berib turibdi.

Ş.Mirziyeyovning Moskvaga qilgan taşrifi yurtimizdagi barça ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet-naşrlar tomonidan daqiqama-daqiqa yoritilib borilganiga guvoh böldingiz.

Rossiyalik hamkasblarimiz ham öz çiqişlarida uşbu taşrifning ahamiyati beqiyos ekanli haqidagi fikrlarni bot-bot takrorlaşmoqda. Ana şunday internet-naşrlardan biri, Rossiyaning Lenta.RU naşri prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning taşrifi yakunlariga bağişlangan, Tatyana Melikyan muallifligida maqola e'lon qilindi. Uşbu maqolada tilga olingan holatlar va fikrlar sizga ham qiziq bölsa kerak, degan umidda uni özbek tiliga ögirdik. Xöş, ruslar öz mamlakatiga ilk bor taşrif buyurgan yangi prezidentimizni qanday tanişdi va qay tomonlarini kaşf etişdi ekan? Muzokaralar yakunlari böyiça rus ekspertlarining fikri qanday?

Putin va Özbekistonning yangi prezidenti örtasidagi muzokaralar şodon qahqahalar ostida ötdi

5 aprel, çorşanba kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu lavozimda ilk bor Kremldagi muzokaralarda iştirok etdi. Natijalarni prezident "misli körilmagan", deya baholadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa uning bu kayfiyatiga tamoman şerik edi. Birgalikdagi loyihalar portfeli summasi 15 milliard dollardan oşib ketdi. Bu holatda, respublika Rossiya taşabbusi bilan tuzilgan birorta alyansda iştirok etmaydi, biroq Rossiyaning Markaziy Osiyodagi siyosatida muhim rol öynaydi. Rossiya–Özbekiston muzokaralari qanday ötgani-yu, hujjatlarni imzolaş vaqtida nega har ikki delegatsiya ho-holab kulişgani haqida Lenta.ru materiali.

Hammasi oliy darajada

Töşalgan qizil gilam böylab bir-biriga peşvoz kelayotgan prezidentlar davlat madhiyalarini tinglaş uçun yelkama-yelka bölişdi. Mirziyoyev va butun özbek delegatsiyasi a'zolari madhiyani öng qölini köksiga bosib eşitişdi. Şundan söng Putin saf tortib turgan Rossiya vazirlari oldiga boşlab, ularni birma-bir şaxsan taniştirib çiqdi.

Marosimning favqulodda dabdabali tus olganiga sabab, Özbekiston prezidenti Rossiyaga davlat taşrifi bilan kelgani bilan tuşuntirildi. Davlat taşrifi — xorijiy davlatlar vakillarining rasmiy safarlarining eng oliy darajasi hisoblanadi (rasmiy taşrif, işçi taşrif kabilar ham bor — tah.) Juda köp hollarda prezidentlar lavozimni egallagan vaqt mobaynida bir davlatga faqat bir marta davlat taşrifi bilan borişadi.