AQŞ prezidenti matbuot kotibi Şon Spayser prezident layneri bortida jurnalistlar uçun brifing vaqtida girdobli harakat tufayli muvozanatini yöqotib, qahvani tökib yubordi va yiqilib tuşişiga bir baxya qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Politico naşri jurnalisti Joş Dousining qayd etişiça, Spayser yetti soniyaga muvozanatini yöqotgan, samolyotdagi brifing esa 15 soniyaga töxtab qolgan.

"Spayser matbuot bilan muloqot vaqtida sakkiz soniyaga muvozanatni yöqotdi, sababi samolyot kuçli girdobli harakat ta'siriga tuşib qoldi. Uning qahvasi uçib ketib, devorga borib urildi. Bu matbuot bilan muloqotni 15 soniyaga töxtatib qöydi. U (Spayser) oxir-oqibat devorni uşlagan holda öz muvozanatini tikladi", - deya yozdi Dousi.

Ma'lumot uçun, Trampning samolyoti Vaşingtondan Floridaga yöl olayotgandi, u yerda AQŞ prezidenti XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşdi.