Pentagon ma'muriyati Suriya harbiy-havo kuçlari aviabazasiga bergan raketa zarbalarining videosini namoyiş qildi. Mazkur bazada kimyoviy qurol saqlangani ta'kidlanmoqda.

Zarbalar USS Ross esminetsidan turib yöllangan. Videoda AQŞ HDK kemasidan tungi vaqtda uçirilgan raketalar parvozini köriş mumkin. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp öz navbatida Suriya HHK aerodromiga zarba berişga buyruq berganini tasdiqladi. Uning bayonot berişiça, Başar Asadni özgartiriş borasidagi barça urinişlar besamar ketgan.  U uşbu hujum Amerikaning «milliy xavfsizligi muhimligi»ni aks ettirişini ma'lum qilgan. 

Hozirça Pentagon ma'muriyatida yetkazilgan talofat haqida ma'lumotlar yöq, biroq Suriya tomoni qurbonlar haqida xabar qilmoqda. 

7 aprelga ötar keçasi Pentagon Suriyaning Xoms viloyatidagi Şayrat aerodromiga zarba berganini ma'lum qilgan edi. Raketa zarbalari AQŞ harbiy kemalaridagi qanotli raketalar yordamida berilgan. Pentagonga köra jami 59ta raketa uçirilgan.