WhatsApp pul ötkazmalari xizmatini işga tuşirmoqçi. Hozirça foydalanuvçilardan uşbu xizmat uçun olinadigan haq va bu xizmatning butun dunyo böylab joriy qilinişi haqida heç narsa ma'lum emas. Taxmin qilinişiça, WhatsApp UPI banklararo tölov tizimi negizida işlaydi.

Hozirda dastur 1,2 mlrd dan köproq foydalanuvçiga ega. Bu ulkan bazadan foydalanib, qandaydir yösinda daromad oliş kerak. Dastur uçun avval 1 dollar miqdorida yillik obuna tölovi olingan. 2016 yilda dastur foydalanuvçilarining köpayişida tösiq sifatida bu tölov bekor qilingan. Daromad olişning boşqa yöli esa pul tölovlaridan haq olişdir. Kompaniyada aynan şu usuldan foydalanişga qaror qilindi.

Dasturning pul tölovlari xizmati işga tuşiriladigan ilk maydonça Hindiston böladi. Bu yerda raqamli tölovlar ommalaşgan va WhatsApp’dan 200 mln kişi foydalanadi. Hindiston Zaxira banki ma'lumotlariga köra, 2016 yil yanvarda turli raqamli tölov xizmatlari orqali 1,3 mlrd dollar pul ötkazilgan. Messenjerning tölov xizmati yarim yildan keyin işga tuşiriladi.