Maxfiy ma'lumotlarni e'lon qiliş bilan şuhrat qozongan WikiLeaks sayti Vault 7 nomli navbatdagi maxfiy ma'lumotlar töplamini e'lon qildi. Ular AQŞ Markaziy Razvedka boşqarmasi (MRB)ga tegişli ekani aytilmoqda.
MRBning avvalgi hujjatlari töplami Marble ("Marmar") deb nomlangan bölib, 31 martda saytga joylaştirilgandi.
Sayt xodimlariga köra, uşbu hujjatlarning yangi qismi Grasshopper ("Çigirtka") deb nomlangan bölib, MRBning şu nomdagi dasturiga doir 27ta hujjatni mujassamlaştirgan. MRBning Grasshopper dasturi Microsoft kompaniyasining Windows dasturiy ta'minoti uçun zararli dasturlarni işlab çiqişni közda tutadi. Qayd etilişiça, uşbu kompyuter dasturlari yirik antivirus dasturlar, xususan, "Laboratorii Kasperskogo" tomonidan ham aniqlanmaydi.












