Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlaş ijroçiligidagi asosiy gumondor sifatida qaralayotgan Akbarjon Jalilov xudkuş bölmagan bölişi mumkin. Maxsus xizmatlardagi manbaning RT  naşriga ma'lum qilişiça, u portlovçi qurilmani manzilga olib ketayotganida, özini kuzatib kelayotgan boşqa bir şaxs tomonidan portlatib yuborilgani taxmin qilinmoqda.

«Versiyalardan biriga köra, Jalilov ma'lum nuqtaga portlovçi qurilmani olib ketayotgan, ammo uni kuzatib kelayotgan şaxs masofadan turib uni portlatib yuborgan», — degan manba.

Bu talqinga köra, Jalilov öz rahbaridan portlovçi qurilmani uçinçi şaxsga yetkaziş töğrisida topşiriq olgan. Jalilov özining kuzatilayotganidan bexabar bölgan.

Tergovçilar Jalilovdan «jonli bomba» sifatida foydalanib, u portlovçi qurilmani odamlar yanada gavjumroq joydan olib ötayotganida portlaş sodir etişni rejalaştirgani variantini ham istisno etişmayapti.

«Agar kontrolyor asabiylaşmaganida va belgilangan nuqtada uni portlatib yuborganida qurbonlar yanada köproq bölişi mumkin edi», — degan manba.

Bundan oldinroq Jalilovning tanişlari uşlangan uydan 3 aprel kuni portlatilgan bombaga öxşaş bomba elementlari topilgani xabar qilingandi.