2017 yilning 7 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toşkentga MDH TIVKning navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun kelgan Armaniston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Edvard Nalbandyan bilan uçraşdi. Bu haqda TIV rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Suhbat çoğida Özbekiston-Armaniston munosabatlarining hozirgi holati, turli sohalardagi aloqalar, jumladan MDH va boşqa xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi özaro hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda Özbekiston va Armanistonning mavjud salohiyatini namoyon qiliş nuqtayi-nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirişning amaliy masalalariga alohida e'tibor qaratildi.