Angrenlik Şerzod Ibragimov  jamiyat uçun foydali mehnat qilib kun köriş örniga, firibgarlikni öziga kasb qilib oldi, deb xabar beradi Toşkent viloyati IIB.

Bu «ustasi farang» dastlab Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati Angren şahar sudining 2016 yil 1 aprel kunidagi sud majlisida firibgarlik jinoyati sodir etganligi uçun sudlangan, keltirilgan zarar qoplanganligi sababli tomonlar yaraşib, jinoyat işi sud jarayonida tugatilgan. 

Ammo yaxşi otga bir qamçi, deganlaridek u öziga tegişli xulosa çiqariş örniga firibgarlik jinoyati bilan şuğullanişda davom etadi.  

2016 yil 16 dekabr kuni Angren şahar sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan aybli, deb topilib, sud jarayonlari olib borilayotgan bir vaqtda Şerzod Ibragimov öziga tegişli xulosa çikarmay, navbatdagi firibgarliklarni ham sodir etişdan tap tortmadi. 

U “kömir mahsulotini olib beraman”, deb bir neça fuqarolarni aldab, ulardan naqd pul va plastik kartoçkalarigi pullarini undiradi.  

Jumladan, Angren şaxar Samarçuq maxallasida yaşovçi fuqaro Azamjon Mirzaliyevga jami 3 tonna saralangan kömir mahsulotini olib  berişni va'da qilib, uni aldab, uning işonçiga kirib, unga tegişli hisobida jami 900.000 söm pullari bölgan plastik kartoçkasini firibgarlik yöli bilan egallab olib, özlaştirib yuboradi. 

Bundan taşkari  Şerzod Ibragimov angrenlik Ne'matulla Taşmatovning 700.000 söm puli bölgan plastik kartoçkasini hamda Ismail Sabirovning 920.000 söm pullarini firibgarlik  yöli bilan egallab olib, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. 

Hozirgi kunda Şerzod Ibragimovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari asosida jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.