Kattaqörğon tumanidagi “Qoradaryo” qişloğida yaşovçi Yöldoş Xolmurodov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2016 yilning bahor oyi boşida çöntagidan 2 dona naşa uruğini olib, tomorqasida ösayotgan anor daraxti yoniga kömar ekan, uning hosilidan qança daromad olişini çamalay boşladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Biroq u giyohvand moddani iste'mol qilgan odamning oilasi, farzandlarining taqdiri haqida öylab ham ötirmadi.

Yoz oyigaça yaxşi parvarişlangan naşa barglarini terib olgaç, erinmay quritib sotişga tayyorlagan Y.Xolmurodov uzoq kutmadi. Uyida usta-duradgor bölib işlagan qöşnisi Baxtiyor “Dori” topiladimi?”, deb sörab qoldi. Köp ötmay “mol” Y.Xolmurodovdan Baxtiyorning qöliga ötdi. U öz navbatida “zahri qotil”ni tanişi Şerzodga pulladi.

Paxtaçi tumani hududida tarkibida giyohvand moddasi mavjud naşani 240 ming sömga savdolaşayotgan Baxtiyor Qurbonov huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olindi.

Jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudining hukmi bilan B.Qurbonov 5 yil, Y.Xolmurodov esa 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.