Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov AQŞning Suriyadagi Şayrat aviabazasiga bergan raketa zarbasini keskin qoraladi va AQŞ öz harakatlari bilan terrorçilarga yöl oçib berayotganini aytdi.
"Harbiy kemalardan uçirilgan raketalar köplab fuqarolarning qonini tökdi va IŞIDga saxiy sovğa tuhfa qildi – Başar Asadning şundoq ham zaiflaşgan armiyasi 10 tagaça samolyot yöqotdi. Terrorçilarga yöl oçildi. AQŞ heç qaçon xalqlarga tinçlik va erkinlik olib kelmagan. Ularning aybi bilan millionlab vetnamliklar, afğonlar, iroqliklar va liviyaliklar halok bölgan. Aynan ular Xirosima va Nagasakini bombardimon qilgan. Biroq butun dunyo AQŞga qarşi ovoz kötara olmaydi. Barça mum tişlab, faqat "afsuslaniş" haqidagi sözlar bilan çeklanadilar", deb yozdi Qodirov Instagram’da.
Qodirov AQŞning Suriyaga zarbasini xalqaro huquqqa tahdid va unga amal qilmaslik deb atadi. Uning ta'kidlaşiça, zarba berişga sabab bölgan Suriya hukumatining kimyoviy hujumga aloqadorligi isbotlanmagan.
"Bu qurol Asad buyruği bilan qöllanganiga isbot qani? Kimyoviy hujumni özi uçun eng oğir damlarda qöllamagan Asad uçun bu hujumning nima keragi bor? Asad kimyoviy hujumdan nima yutadi? U bunday qilsa, butun dunyo bu işini qoralaşini, keskin çoralar bölişi mumkinligini biladi", deb qöşimça qildi Çeçeniston rahbari.
Uning fikriça, AQŞning Suriyaga nisbatan harakatlari va tinç aholining halok bölişi Yevroparlamentni ham, PASeni (Yevropa kengaşi parlament assambleyasi) ham taşvişlantirmaydi. Biroq bu taşkilotlar Rossiyaning "har bir aksirişiga ham" munosabat bildiradi. Çeçeniston rahbari Rossiyaning Suriyadagi ixtilofni hal qilişdagi rolini ham ta'kidlab ötdi. Uning aytişiça, Rossiya koalitsiyaning barça davlatlari qila olmagan işni yakka özi qila oldi: Rossiya evaziga IŞID zaiflaşdi, muzokaralar jarayoni olib borilmoqda, şaharlar ozod qilinmoqda, aholiga kömak körsatilmoqda.












